Zakovat
Zakovat Zakovat

600+

Ishtirokchilar
Intellektual klub

Zakovat

Muhammad al-Xorazmiy maktabida

Biz bilim va qiyinchiliklarga intilayotganlar uchun raqobatbardosh, ammo do'stona muhit yaratishga intilamiz. O'z intellektual qobiliyatingizni ko'rsatish vaqti keldi!

II LIGA
5 6
Sinflar
I LIGA
7 8
Sinflar
OLIY LIGA
9 10 11
Sinflar
Yangi mavsum. Yangi jamoalar. Yangi imkoniyatlar.

1-TUR — START 🏆

Bilimingizni sinang va eng kuchli jamoalar safidan joy oling!

Musobaqa davomida jami 5 ta tur tashkil etiladi. Har bir tur har hafta chorshanba kuni o‘tkazib boriladi.

  • Sana 23-sentabr, 2026-yil, Chorshanba
  • Vaqt 15:20
  • Kimlar uchun 8-9-10-sinflar uchun
Maqsadimiz

Qiziqarli musobaqalar tashkil etish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, shaxsiy va akademik o'sish uchun imkoniyatlar yaratish orqali o'quvchilarni ilhomlantirish. Yoshlarni bilimga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash.

Vazifamiz

Do'stona raqobat orqali "Zakovat"ga qiziqishni uyg'otish va uni o'rganishga bo'lgan muhabbatni rivojlantirish. Biz o'quvchilarning ochilmagan qirralarini kashf etishga yordam beramiz.

O'quvchilar

O'yin Qoidalari

1

O'yinda jamoalar o'zlarining tezkor fikrlashlari va bilimlaridan foydalanib turli darajadagi savollarga 1 daqiqa ichida javob berishlari kerak.

2

Har bir sinfdan beshta asosiy va ikkita zaxira o'yinchisidan iborat jamoa tuzilib, javoblar birgalikda muhokama qilinadi.

3

Zakovatda 3 ta Liga bor:

• Liga II (5-6 - sinflar)
• Liga I (7-8 - sinflar)
• Oliy liga (9 - 10 - 11 - sinflar)

4

Moddiy buyumlarga zarar yetkazish va baland ovozda gapirish ta'qiqlanadi. Aks holda jamoaga 1 ball jarima yoziladi.

5

Javobni belgilangan vaqt ichida topshirishingiz zarur (agar 3 soniyadan ko'proq vaqt kutilsa, javob qabul qilinmaydi).

6

Belgilangan vaqtdan kechikib kelgan jamoalar o'yinda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo'lishadi.

7

Har bir liga o'yini 2 turdan iborat. O'yindagi savollar soni liga turiga qarab o'zgaradi.

8

O'yinchilarni faqat ikki raund o'rtasidagi 10 daqiqalik tanaffus vaqtida almashtirish mumkin.

Loyiha Hamkorlari

IT School
Zakovat Gold
Zakovat Silver